2016 yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiya Favqulodda va Muxtor Elchisi Fumihiko Kato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida madaniy-gumanitar almashinuvlar sohasida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.