Tennis bo‘yicha O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari birinchi kungi bahsda durang qayd etishdi

Sport 20:41 / 15.07.2016 4504

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari ishtirokida “Devis kubogi”ning Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinchi guruh ikkinchi bosqich bahslari boshlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Yakkalik bahslarida tennischimiz Denis Istomin Di Vuni 6:4, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi uchrashuvda Farrux Do‘stov Ze Jangga 6:1, 4:6, 4:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Shu tariqa birinchi kungi bahsdan so‘ng umumiy hisob 1:1 bo‘lib turibdi.

16 iyul kuni D.Istomin va F.Do‘stov juftligi Di Vu va Ze Jangga qarshi bahslashadi.

Ko‘proq yangiliklar: