"Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z instagramida dunyodagi eng qimmatbaho va tezkor hisoblanuvchi Bugatti Veyron avtomobilini o‘ziniki qildi.
"Yirtqich kuchaymoqda", - deb yozadi Ronaldu Instagramdagi sahifasiga.
Bu avtomobil narxi 4 million yevrodan ortiqqa baholanadi.
Portugaliyalik ushbu futbolchi chiroyli avtomobillarni kolleksiya qiladi. Yevro-2016 turnirida terma jamoasi bilan chempion bo‘lgan futbolchi shu vaqtgacha McLaren MP4-12 Spyder, Ferrari 599 GTO va Rolls-Royce Phantom avtomobillarini o‘ziniki qilgan.
Qayd etish joizki, 8 yil avval Ronaldu reklama roligida Nike butsasini kiyib qisqa masofali poygada Bugatti Veyron avtomobilidan o‘tib ketgan edi.