Internetda 14 iyul kuni Fransiyaning kurort shahri Nitstsadagi Lazur qirg‘og‘ida 84 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchining politsiyachilar tomonidan yo‘q qilinishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
Associated Press tomonidan tarqatilgan videoda politsiyachilar yuk mashinasini o‘rab olishgani va terrorchi bilan otishma boshlanganini ko‘rish mumkin. Politsiyachilar ichida terrorchi bo‘lgan mashinaning oynalarini o‘qqa tutishgan.
Guvohlarning ma'lumotiga ko‘ra, bu mashina Bastiliya ozod qilingan kun munosabati yig‘ilgan odamlarni 2 km masofada bosib o‘tgan. Rulda kelib chiqishi tunislibk bo‘lgan Muhammad Laueyej Bulel bo‘lgan.
Uning harakati natijasida 84 kishi halok bo‘ldi.