Nitstsadagi terakt guvohi hikoya qiladi: “Ko‘z o‘ngimdagi barcha manzara go‘yo urushdek edi”

Jahon 16:40 / 15.07.2016 10460

O‘z ta'tilini Fransiyaning Nitstsa shahrida o‘tkazayotgan Finlyandiya fuqarosi Olli Anttonen Bastiliya olinishi kunida sodir etilgan teraktda aslida nimalar sodir bo‘lganini hikoya qilib berdi. Bu haqda Yle nashri yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anttonen uzoqdan tezlik bilan kelayotgan yuk mashinasini ko‘rgan va ko‘ngli g‘ashlanib, rafiqasi bilan mehmonxonaga qaytishga chog‘langan.
«Kutilmaganda odamlar qiy-chuv ko‘tarib, dodlashni boshladi. Sohilda esa yuk mashinasi yelib borardi. Uning tezligi soatiga 80-90 km edi. U yo‘lida uchragan barchani urib, yanchib ketaverdi», — dedi u.

Mashina u va rafiqasi turgan joydan 10 metr uzoqlikda o‘tib ketgan.

Uning aytishicha, maydonda juda ko‘p odam bo‘lgan va ular ustilariga bostirib kelayotgan mashinaga chap berishga ulgurishmagan.
«Hozir butun shahar shok. Ko‘z o‘ngimdagi bu manzara urushga o‘xshaydi», — dedi u. Shundan so‘ng u rafiqasi bilan Finlyandiyaga qaytishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Nitstsada sodir etilgan teraktda 84 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Fransiyada terakt sabab uch kunlik milliy motam e'lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: