Lavrov va Kerri Moskvadagi Fransiya elchixonasiga tashrif buyurib, Nitstsa terakti qurbonlarini xotirladi

Jahon 19:36 / 15.07.2016 2727

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 6 soat davom etgan muzokaralardan so‘ng Moskvadagi Fransiya elchixonasiga borishgan hamda Nitstsa terakti qurbonlarini xotirlashgan.

"Lavrov va Kerri TIV qarorgohidan chiqib Fransiya elchixonasiga yo‘l olishdi. Vazirlar qo‘llarida guldasta ko‘targandi", deyiladi RIA Novosti muxbiri.

14 iyul kuni kechqurun Bastiliya olingan kun munosabati bilan o‘tkazilgan Milliy bayram vaqtida Nitstsa shahridagi Ingliz qirg‘og‘ida to‘plangan odamlar ustiga yuk mashinasi haydab borilishi oqibatida 84 kishi halok bo‘ldi. 

Shuningdek, ayni vaqtda jarohatlangan 50 kishi shifoxonada qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: