Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Nitstsadagi terakt tufayli jabrlanganlar orasida Qirg‘iziston fuqarolari yo‘q. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar tarqatgan.
Qirg‘iziston IIV xabari voqealar rivoji diqqat bilan kuzatib borilayotgani haqida ta'kidlangan.
Bundan oldinroq, Qozog‘iston IIV Nitstsadagi terakt vaqtida bu shaharda 4 nafar fuqarosi bo‘lgani, ularga shikast yetmagani haqida bildirgandi.
O‘zbekiston TIV hozircha bu terakt haqida ma'lumot bermadi.
Ma'lumot o‘rnida. "Sputnik. Mneniya" tomonidan fevral oyida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, fransuzlarning 64 foizi Afrika va Yaqin Sharqdan keluvchi muhojirlar mamlakatdagi xavfsizlik darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Shuningdek, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 67 foizi hukumat va OAV muhojirlarning jinoyatlari darajasini to‘la ma'lum qilmasdan, noxolislik qiladi.