Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan poygada furgon Ferrari Californiani ortda qoldirdi

Fan-texnika 16:25 / 15.07.2016 10819

Amerikaning Atieva kompaniyasi Edna nomli prototipining Tesla Model S sedani va Ferrari California superkariga qarshi dregli poygasi eks etgan videolavhalarni namoyish etdi. 

Soatiga 96 km tezlikka 3,8 soniyada erisha olgan sinov namunasidagi avtomobil sezilarli farq bilan raqiblarini ortda qoldirgan. 

Mashinaning jihozlari to‘plamiga 900 ot kuchiga ega 2ta elektromotor, ikkita uzatmalar qutisi, ikkita kuch elektronikasi, hamda 87 kVt-soatlik litiy batareyalari kirgan. 

Xabarlarga ko‘ra, Edna prototipi kuch agregatlari va boshqaruv elektronikasini sinab ko‘rish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan. Shundan so‘ng, avtomobil ishlab chiqaruvchisi namunalardan yaxshisini tanlaydi. Ayni o‘sha to‘plam Atieva kompaniyasining ilk oliy toifali sedanida qo‘llaniladi.

Introducing Edna from Atieva on Vimeo.

Ko‘proq yangiliklar: