AQSh prezidentiligiga demokratlar partiyasidan o‘z nomzodini ko‘rsatgan Hillari Klinton irqchilikka qarshi kurashishda oq tanlilarning faol bo‘lishlari kerak ekanini ta'kidladi.
«Bizga Linkolnning irqchi izdoshlari kerak emas. Bizga irqchilikka barham beradigan insonlar kerak. Bu borada oq tanlilar faol bo‘lishsin. Aynan ular rasizmni qoralasa, o‘zgarish bo‘ladi»,- deb Klintonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Washington Post.
Klintonning prezidentlik poygasidagi raqibi Donald Tramp AQShga musulmonlarning kirishini cheklash va ko‘plab shunga o‘xshash takliflari bilan mahalliy radikallarni o‘z tomoniga og‘dirmoqda. Uning bosh maqsadi Amerikani yana boy va qudratli qilish. Trampning shiori ham shunday belgilangan.
Klinton esa ancha xotirjam tarzda harakat qilib, Amerikani boy qilish shart emasligini, u shunday ham boy ekanini, AQSh birlashishga muhtojligini takrorlab keladi.
The Washington Post Avraam Linkoln haqida shunday ma'lumotni xabarga ilova qilgan: «Linkoln qora tanlilar va oq tanlilarning kelisha olmasliklarini hisobga olib, qora tanlilarning Afrika va Markaziy Amerikaga ko‘chib ketishi uchun Kongres pul ajratishi kerak deb hisoblagan. U ikki irq vakillarining turmush qurishlari va qora tanlilarning ovoz berishiga ham qarshi bo‘lgan».