Ekspert: Nitstsadagi teraktning oldini olish ilojsiz edi

Jahon 18:52 / 15.07.2016 9937

Nitstsadagi hujum fransuz maxsus xizmatlari uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Bu haqda terrorizm va xavfsizlikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha bo‘lim eksperti, britaniyalik Pol Biver o‘z intervyusida ma'lum qilgan.

Nitstsadagi hujum oqibatida 84 kishi halok bo‘ldi, yana 18 kishi og‘ir ahvolda qolmoqda.

Biverning hisoblashicha, bu hujumni to‘xtatib qolish amalda ilojsiz edi. 

Muxbir: Nitstsadagi voqealarni qanday baholaysiz?
Pol Biver: Menimcha biz bu o‘rinda ma'lum bir tashkilot tomonidan yo‘naltirilmagan, Suriya hududidan maxsus topshiriq olinmagan holda sodir etilgan terakt guvohi bo‘ldik. Terrorchi mustaqil ravishda harakat qilgan. Bu esa juda-juda jiddiy muammo.

Fransiyada hozir juda ko‘p radikal shaxslar istiqomat qilmoqda. Ular o‘tmishda Suriyada bo‘lishgan. Bu mamlakatda xaos keltirib chiqargan. Frantsuzlar hozir vaziyatni o‘z qo‘llariga olishi kerak. Fransiyada maxsus xizmat xodimlari soni oshirilgan. Endi ular ekstremistlarga qarshi yanada muhim qarorlarni qabul qilishlari kerak.

Muxbir: Frantsuz politsiyasining harakatlarini qanday baholaysiz?
P.B.: Menimcha, asosiy muammo shundaki, ular hujum qay tomondan kelishini oldindan bila olishmasdi. Menimcha, politsiya g‘aflatda qoldirildi. Shunday usulda hujum qilinishi mumkinligi kimning xayoliga kelibdi deysiz?

Muxbir: Sizningcha, maxsus xizmatlar bunday katta marosimlar vaqtida shunday xatoga yo‘l qo‘yishi mumkinmi?
P.B.: Men bu voqeada fransuz maxsus xizmatlarini ayblamagan bo‘lardim. Bir kishi ishtirokidagi bunday hujumiga qarshi turish juda qiyin bo‘ladi.
Bunday hujum shunday amalga oshiriladi: Masalan, Marseldagi do‘kondan qurol sotib olinadi. Uning harakatini oldindan bilib bo‘lmaydi. O‘ylaymanki, politsiya barcha chorani ko‘rgandi.

Muxbir: Kelgusida shunday voqealar sodir bo‘lmasligi uchun qanday choralar ko‘rish kerak?
P.B: Har qanaqasiga bundan qutilib bo‘lmaydi. 1 aqlsizning hujumidan saqlanish deyarli ilojsiz. Hozir qilish kerak bo‘lgan ish shuki -  radikalizatsiya ko‘lamini kamaytirish kerak. Ko‘proq ma'lumotlar to‘plash va xavfsizlik xizmati bo‘yicha mutaxassislar sonini oshirish kerak.
Fransiyaning hozirgi muammolari Siriya, Tunis va Marokashdan kelgan fuqarolaridir. Ular Fransiyadagi shaharlar bo‘ylab tarqalgan. Ularning ko‘pchiligi ishsiz va umidsiz. Shu muammoga e'tibor qaratish kerak.

Muxbir: Aynan nima qilish kerak? Nega aynan Fransiya keyingi vaqtlarda hujumlar nishoni bo‘lib qolmoqda?
P.B: Fransiyada radikal g‘oyalar ta'siriga tushirish mumkin bo‘lgan taxminan 1 million kishi bor. Belgiyada sodir etilgan dahshatli teraktlar haqida ham unutmaslik kerak. Maxsus xizmatlarning faoliyatini mukammallashtirish kerak. Yevropa Ittifoqi bo‘ylab erkin harakatlanishni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Biz terrorchilar bir mamlakatdan ikkinchisiga erkin harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Men chegara nazoratini qaytadan joriy etish kerak deb hisoblayman.

Ko‘proq yangiliklar: