Irlandiyalik ekologlar Irlandiya sohillari yaqinida bir nechta afalin-delfinlarning birdaniga o‘lganidan keyin baliqchilarga norozilik bildirishdi. Delfinlar Kerri grafligi sohillariga to‘lqinlar bilan olib chiqib tashlangan. Tabiatni qo‘riqlash tashkilotlari faollarining fikricha, delfinlar baliq ovlash uchun ishlatiladigan to‘rlarga ilinib qolganlar.
Irlandiyaning dengiz sut emizuvchilarini himoyalash milliy jamiyatida ta'kidlanishicha, har yili baliq ovlash oqibatida o‘nlab kitsimonlar aziyat chekadi. Buni Dengiz bioresurslarini himoya qilish milliy boshqarmasi blosh nazoratchisi Kevin Flanneri ham ma'qullamoqda. Uning fikrini "Ayrish independent" gazetasi keltirib o‘tgan.
"Yuz bergan hodisa tasodif emas. Aynan respublikaning sohilidan 19 km uzoqlikdagi hududda bir necha kun avval sanoat miqyosida baliq ovlagan xorijiy traulerlar flotiyasi ko‘ringan", deb aytdi mutaxassis.
Baliq ovlash uchun mo‘ljallangan to‘rlar Irlandiya sohillari yaqinida yashovchi dengiz sut emizuvchilari uchun yagona xavf emas. Yana bitta muammo dengizning ifloslanishi hisoblanadi, u yaqin besh yil ichida mamlakatning sohilbo‘yi suvlarida sut emizuvchilar ko‘payishining sezilarli kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunga delfinlar organizmiga ozuqa bilan kiruvchi toksinlar sabab bo‘lib, buning oqibatida katta yoshdagi jonzotlar ko‘payish qobiliyatini yo‘qotmoqdalar.