Buxoroda Rossiyadan qaytgan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri qo‘lga olindi

Jamiyat 17:00 / 15.07.2016 16045

Buxoro aeroportida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Rossiyadan qaytgan O‘zbekiston fuqaroligiga ega shaxsni qo‘lga olgan. RIA Novosti agentligining respublika IIV vakiliga asoslanib xabar berishicha, bu shaxs ektremistik ruhdagi materiallarni O‘zbekiston hududiga olib kirmoqchi bo‘lgandi.

"Moskva-Buxoro" reysi yo‘lovchilarining bojxona tekshiruvidan o‘tkazilishi vaqtida yo‘lovchilardan birining noutbuki hamda telefonida "Hizb ut-Tahrir" diniy oqimi targ‘iboti uchun tayyorlangan videomateriallar aniqlangan. Shuningdek, qurilmalarda 300ga yaqin audiomateriallar bo‘lgan", deya ma'lum qilgan manba.

Qo‘lga olingan shaxs dastlabki tergov vaqtida Rossiyaning Kaluga viloyatida "Hizb ut-Tahrir" g‘oyalari bilan tanishgani, O‘zbekistonga pasportini almashtirish uchun kelgani, tezda Rossiyaga qaytib ketmoqchi bo‘lgani haqida aytib bergan.

Unga nisbatan "Diniy ekstremizm ruhidagi materiallar olib kirish, saqlash va tarqatish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Qonunda bunday jinoyat uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llash nazarda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: