Janubiy Sudanning poytaxti Jube shahridagi 7-11 iyul kuni sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 300 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, 42 ming kishi o‘z uyini tashlab chiqqan. Bu haqda BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha rasmiy vakili Uilyam Spindler ma'lum qilgan.
"300 ga yaqin kishi halok bo‘lgan", - dedi u. – 42 minga yaqin fuqaro o‘zi yashab turgan turar-joyni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lgan".
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning ma'lumotlariga ko‘ra, boshpanaga muhtoj kishilar soni 12,8 minga qisqargan, chunki ko‘pchilik o‘z uylariga qaytishni boshlagan. Tashkilotning rasmiy vakili Itayi Viririning aytishicha, butun Janubiy Sudanda yordamga muhtoj aholi soni 6,1 mln kishini tashkil etadi.