Aston Martin o‘rtahajmli motorga ega superkar ishlab chiqadi

Fan-texnika 15:31 / 15.07.2016 6707

Aston Martin kompaniyasi 2020-yildan so‘ng, o‘rtahajmli motorga ega superkar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Britaniya modelining bosh dizayneri Marek Reyxman so‘zlariga asoslangan holda The Drive xabar qilmoqda.

Yangi mashinani ishlab chiqishda gibrid giperkar AM-RB 001 texnologiyasidan foydalaniladi. Giperkar Red Bull kompaniyasi va uning bosh muhandisi Edrian Nyui bilan hamkorlikda ishlab chiqilgandi. 

«Aston»ning bosh dizayneri, shuningdek, AM-RB 001ga oid yangi tafsilotlar bilan o‘rtoqlashgan. Supergibridga butunlay yangi 12 silindrli agregat o‘rnatiladi. U, DB11 modeli uchun ishlab chiqilgan 5,2-litrli, V12 biturbo motoridan kuchliroq va yengilroq bo‘ladi. Dvigatel daqiqasiga 11 ming marotaba aylanish imkoniga ega. Avvalroq, AM-RB 001ning quvvat manbasiga trek superkari Vulcanning 7 litrli 112 silindrli motori ham o‘rnatilishi mumkinligi xabar qilingan edi. 

Aston Martin va Red Bullning qo‘shma supergibridi iyul oyi boshida namoyish etilgandi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, «Aston» ushbu modelning yo‘l namunasidan 99tadan 150 donagacha va 25 tagacha poyga namunasini ishlab chiqishni rejalashtirgan. 

Uning narxi 3,3 million yevro atrofida bo‘lishi aytilmoqda. Kompaniyaning ilk mijozlari 2017 yildayoq o‘z mashinalarini olishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: