Yaponiya kompaniyasi o‘zining avtopilotli ommaviy avtomobilini ishlab chiqaradi

Fan-texnika 18:31 / 15.07.2016 6531

Yaponiyaning Nissan avtomobilsozlik kompaniyasi shu yilning avgust oyida mamlakat avtomobil bozoriga Serena minivenini yetkazib berishni boshlash rejasi borligini e'lon qildi. Minivenga ProPilot avtopilot tizimi o‘rnatiladi. Albatta, hozirgi bosqichda, to‘liq avtonom boshqaruv haqida gap ketayotgani yo‘q. ProPilot mashinani faqatgina yo‘lning belgilangan yo‘lagida boshqara oladi, u tezlikni, tormozni va rulni nazorat qilishi mumkin. 

Tizim o‘zining ishida kameralar vositasida olinadigan tasvirlarni tahlil qilish natijalariga tayanadi. U mashinaning boshqa transport vositalari va yo‘l chiziqlariga nisbatan joylashuvini aniqlay oladi. Xususan, avtonom boshqaruv tizimi mashinani burilish vaqtida ham yo‘lakning o‘rtasida saqlab, oldida to‘siq paydo bo‘lsa, transport vositasini to‘liq to‘xtatish qobiliyatiga ega. 

Shu bilan birga, ProPilot cheklangan tezlik — 30dan 100 km/soat tezlikdagina avtomobilni boshqara oladi. Demak, tizim avtomobilni to‘liq to‘xtatgan taqdirda, mashinaning qayta harakatini boshlashi uchun haydovchi gaz pedalini bosishi kerak bo‘ladi.


 
Nissan kompaniyasi vakillarining qaydetishlaricha, ular avtopilotli mashinani sotishda Teslaning achchiq tajribasini yodda tutishadi va ProPilotga avtomobillarni xarid qilayotganlarga, avtopilot tizimi cheklangan imkoniyatlarga egaligidan ogohlantiriladi. 

Xabarlarga ko‘ra, ProPilot tizimi o‘rnatilgan Nissan Serena faqatgina Yaponiyada sotiladi. Bu texnologiyali mashinalar Yevropada 2017 yilda paydo bo‘ladi. Bu tizim birinchi bo‘lib Qashqai krossoveriga o‘rnatiladi. 2018 yilda Nissan  ProPilot 2.0ni ishlab chiqarmoqchi. U, yo‘l yo‘laklarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 2020 yilga kelib esa, shahar ko‘chalarida avtomobilni to‘liq o‘zi boshqara oladigan ProPilot 3.0 paydo bo‘ladi. 


 

Ko‘proq yangiliklar: