12 iyul kuni AQSh Markaziy qo‘mondonligi O‘zbekiston chegarachilariga MAN rusumli oltita yuk mashinasi sovg‘a qildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.
Ushbu yuk mashinalari Samarqandda ishlab chiqarilgan va chegarachilarning avtoparkini yanada kengaytirishga xizmat qiladi, deyiladi ma'lumotda.
O‘tgan yil ham AQSh Markaziy qo‘mondonligi xuddi ana shunday avtomobillardan 20 donasini o‘zbekistonlik chegarachilarga taqdim etgan edi. Ushbu jo‘natmalar AQSh va O‘zbekiston hamkorligining bir qismi hisoblanadi.