JCh-2018 uchun qurilayotgan «Krestovskiy» stadioni topshirilishi noma'lum muddatga kechikishi mumkin

Sport 20:07 / 14.07.2016 5488

Sankt-Peterburg shahri ma'muriyati «Krestovskiy» stadioni qurilishi bilan shug‘ullanuvchi bosh pudratchi bo‘lgan «Injtransstroy-Spb» kompaniyasi bilan hamkorlikni bekor qilmoqchi.

Qurilish bo‘yicha qo‘mita vakili davlat shartnomasining bekor qilinishiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi.

«Vaziyat bunday: ular vazifani bajarishda bir qator nuqsonlarga yo‘l qo‘yishgan.

Agar kamchiliklar bartaraf etilsa – yaxshi, agar bunday bo‘lmasa – davlat shartnomasi bekor qilinishi belgilangandi.

Bizdagi ma'lumotlargan ko‘ra, shartnoma bekor qilinishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Agar shartnoma bekor qilinsa, stadion qurilishi qachon yakunlanishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Shahar ma'muriyati pudratchini almashtirishni istamoqda», – deya vaziyat bilan tanish bo‘lgan manbaning so‘zlarini keltiradi «R-Sport».

Bugun «Injtransstroy» shahar ma'muriyatini tanqid qilib ochiq xat bilan chiqqandi.

Stadionning qurilish ishlari yakunlanishi 2016 yilning dekabriga mo‘ljallangandi. 

«Krestovskiy» nomli bu stadion 2017 yili Konfederatsiyalar Kubogi va 2018 yilgi Jahon chempionati o‘yinlarini qabul qilishi kerak.

Bundan oldinroq maoshlari to‘lanmayotgani uchun stadioni quruvchilari ish tashlash o‘tkazgani xabar qilingandi.

Ko‘p o‘tmasdan «Injtransstroy-Spb»  obektni reyderlar egallab olishga uringani haqida da'vo bilan chiqdi.

Ko‘proq yangiliklar: