Koreya Respublikasi Milliy majlisi mamlakatda Amerikaning THAAD raketalarga qarshi mudofaa majmualarini o‘rnatish masalasini muhokama etish maqsadida maxsus sessiya o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
"Sessiya ishida milliy mudofaa vaziri Xan Min Gu ham ishtirok etib, deputatlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytaradi".
Parlament sessiyasida bosh vazir Xvan Ge An, TIV rahbari Yun Ben Se hamda moliya va rejalashtirish vaziri Yu Il Xo qatnashadi.
Yonxap agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, majlisda THAAD radarlarini joylashtirish bilan bog‘liq xavfsizlik masalalari, Rossiya va Xitoy bilan vujudga kelajak siyosiy muammolarni hal etish yo‘llari atroflicha muhokama etiladi.
Koreya Respublikasi parlamentining maxsus sessiyasi 19-20-iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.