O‘zbekiston terma jamoasi hamda Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Vitaliy Denisov klub muxlislarining to‘yida qatnashib, ularga quvonch ulashdi. «Loko» saytida «To‘y generali» nomli shunday xabar chiqdi.
Denisov Inga Nikiforova hamda Ivan Kafanovning to‘y marosimida qatnashgan. Klubning mashhur blogeri Ilya Varlamov bu ishda tashkilotchi bo‘lgan. U avvaliga Denisov nomidan klub kiyinish xonasida tabriknoma yozib oldi. Keyin Denisov gul sotib olib, kelin-kuyovlarni tabriklash uchun to‘yxonaga bordi.