Ukraina va Ozarbayjon davlat rahbarlari Petr Poroshenko va Ilhom Aliyev yangi transport yo‘laklari, xususan yangi «Ipak yo‘li»ni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni faollashtirishga kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda UNIAN.
«Ukraina va Ozarbayjon ushbu loyihani hayotga tatbiq etishda faollik ko‘rsatmoqda. Bugun biz uning samaradorligi va o‘zaro iqtisodiy foyda ko‘rish yo‘llarini muhokama etdik», — deya Poroshenko so‘zlarini keltiradi, prezident matbuot xizmati.
Ozarbayjon rahbari o‘z navbatida, mazkur yo‘lakning barcha uchun mos narxini belgilash siyosatini olib borish zarurligini ta'kidlagan. U, shuningdek, yaqin orada Boku — Tbilisi — Kars temiryo‘li ochilishini ma'lum qilib, bu Ukraina kompaniyalari uchun keng imkoniyatlar yaratishini qayd etgan.