Buyuk Britaniya bosh vaziri etib tayinlangan Tereza Mey bosh vazirlik «poygasi»da o‘ziga raqobatchilik qilgan adliya vaziri Maykl Gouvni ishga kirishgan kunidayoq lavozimidan bo‘shatdi. Bu haqda Sky News'ga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Tereza Mey bosh vazirlikka rasman kirishishi bilanoq deyarli barcha vazirlarni o‘zgartirib tashladi. U moliya vaziri etib Filip Hammondni, tashqi ishlar vaziri etib sobiq London meri Boris Jonsonni tayinladi. Amber Radd esa Meyning o‘rniga ichki ishlar vaziri bo‘ldi. Devid Devis Brexit ishi bo‘yicha vazirlik qiladi. Xalqaro savdo vazirligiga Liam Foks rahbar bo‘ldi. Faqatgina mudofaa vaziri Maykl Fellon o‘z vazifasida qolgan.
Gouv Britaniya Yevropa ittifoqidan chiqqanidan keyin Konservativ paritiya rahbari bo‘lishda Boris Jonsonning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini aytgan, lekin keyinchalik o‘zi partiya rahbarligi va Britaniya bosh vazirligi uchun kurashga kirishgan edi.