Tereza Mey to‘rt nafar vazirni o‘z lavozimidan ozod etdi

Jahon 18:30 / 14.07.2016 6597

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey yangi hukumat shakllantirish jarayonida to‘rt nafar vazirni o‘z lavozimidan ozod etdi.
Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Birinchilardan bo‘lib, adliya vaziri Maykl Gouv, ana undan keyin Lankaster gersogligi kansleri Oliver Letuin, madaniyat, OAV va sport vaziri Jon Uittingdeyl va xalq ta'limi hamda bir vaqtning o‘zida ayollar masalasi va teng huquqlilik vaziri Niki Morganlar ishdan bo‘shatilgan.

Eslatib o‘tamiz: Tereza Mey 13 iyul kuni rasmiy ravishda Buyuk Britaniya bosh vaziri sifatida ish boshladi.

Ko‘proq yangiliklar: