«Yuventus»ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba FIFAga «Oltin to‘p»ni bugunning o‘zidayoq «Real» va Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga topshirishni tavsiya qildi.
Qayd etish kerakki, bu mukofot yangi yilning boshida o‘z egasiga topshirib kelinadi.
«FIFA „Oltin to‘p“ni bugunning o‘zidayoq Ronalduga topshirsa bo‘ladi. U chempionlar ligasi va Yevropa chempionatida g‘alaba qozondi. Messiga kelsak, menimcha Lionel bu safar Krishtianudan ortda qoldi. Men uchun ular teng. Bu yili yaxshi o‘yin ko‘rsatganlar qatorida Antuan Grizmannni ko‘rsatgan bo‘lardi», — deya Pogbaning so‘zlarini keltiradi AS.
Manba: Tribuna.uz