Moskvadagi favqulodda ob-havo natijasida 17 kishi jabrlangan va 1 kishi halok bo‘lgan

Jahon 16:52 / 14.07.2016 8851

Moskva viloyatida kuchli bo‘ron natijasida bir kishi halok bo‘ldi va 17 nafar kishi jabrlandi. Bu haqida Gazeta.ru xabar qildi

Moskva viloyati sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining ma'lum qilishicha, viloyatdagi Mojay tumanida 5 kishi jabrlangan, Ruz tumanida esa 12 kishiga ziyon yetgan va bir kishi halok bo‘lgan. 

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘rondan so‘ng 9 kishi yordam so‘rab murojaat qilganini ma'lum qildi. Ulardan ikki nafari chaqmoq urishi natijasida shifoxonaga yetkazilgan, bemorlarning ahvoli o‘rtacha deb baholanmoqda. 

Bundan tashqari bo‘ron mingdan ortiq daraxtlarni qulatdi va yo‘llarni to‘sib qo‘ydi. 120 dan ortiq avtomobillarga ziyon yetdi. 

Manbaga ko‘ra, 1,5 ming xodim va taxminan mingta texnika uskunasi bo‘ron va seldan ziyon yetgan joylarni ta'mirlashga jalb qilindi. 

Moskva meri Sergey Sobyanin o‘zining tvitterida bu so‘nggi yillardagi eng kuchli bo‘ron bo‘lganligini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: