Konte: «Chelsi» har doim YeChLda o‘ynashi kerak»

Sport 21:54 / 14.07.2016 5271

«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte bugun yangi lavozimida birinchi matbuot anjumanida ishtirok etdi va klubdagi dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu yerda bo‘lib turganimdan juda xursandman. Yangi mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Bu mening hayotim va faoliyatimdagi yangi bosqich. Yangi mamlakatda, dunyodagi eng qiyin chempionatda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman. Bu yerda g‘oliblik uchun olti-yetti jamoa kurashadi. «Chelsi» - ajoyib jamoa, uni boshqarishdan faxrlanaman.

Bu mening klub bazasidagi ikkinchi kunim, ko‘rganlarimdan juda mamnunman. Futbolchilarning kayfiyati menga yoqdi. Terri - bizning sardorimiz. U xarizmaga ega ajoyib inson va futbolchi. U klub haqida ko‘p narsani biladi. U shartnomasini uzaytirganidan xursandman.

Oxirgi mavsum jamoa uchun omadsiz keldi. Buni bilamiz, ammo o‘tmish bilan o‘ralashib qolmaslik kerak, buning o‘rniga kelajakda yaxshi natijalarga erishish uchun yaxshi ishlash kerak. Chempionlik uchun kurashamiz, bizning o‘rnimiz - chempionlar ligasida, biz u yerda har doim bo‘lishimiz kerak», - deydi Konte.

Ko‘proq yangiliklar: