Intel “aqlli” avtomobillar bilan shug‘ullanishga ahd qildi

Fan-texnika 17:59 / 14.07.2016 4743

Intel kompaniyasi mobil qurilmalarga chiplar ishlab chiqarishda omadsizlikka uchragach, bor diqqat-eʼtiborini smart avtomobillarga qaratdi. Ayni damda bu yo‘nalishda uning ishlari rivojlanmoqda.

Intel bosh direktori Brayan Krjanich 13 iyul kuni Fortune Brainstorm Tech Conference 2016 anjumanida chiqish qilar ekan, chip ishlab chiqarishuvchisi smart-avtomobillar va qo‘shuvchi qurilmalar ishlab chiqarayotgani haqida ma'lum qildi. U Intel kompaniyasi mobil qurilmalar bozoridan chiqqanligini tan oldi.

Kompaniya tomonidan o‘z strategiyasining o‘zgartirilishi, personal kompyuterlar va chiplar yetkazib berish hajmini keskin tushib ketishiga sabab bo‘ldi. Kompaniya yagona maqsad uchun quyidagi ishlab chiqarish yo‘nalishlarini birlashtirishni rejalashtirgan: yuqori internet, xotira modullarini chiqarish, qo‘shuvchi qurilmalar uchun chiplar yetkazib berish va bulutli texnologiyalar bilan shug‘ullanish.

Ko‘proq yangiliklar: