Inson immun tizimi xulq-atvorga ta'sir qiladimi?

Light 19:16 / 14.07.2016 9776

Virjiniya universiteti tibbiyot maktabining bir guruh biologlari, insonning ijtimoiy faolligi uning immun tizimiga bog‘liq, degan fikrni ilgari surishmoqda. Ular tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari Nature jurnalida e'lon qilingan. 

Mualliflar, immun tizimini tashkil etuvchi gamma-interferoni molekulalari sichqonlarning hatti-harakatiga ta'sir etganini aniqlashgan. Gamma-interferon immun tizim tomonidan tanaga bakteriyalar va viruslar tushganida ishlab chiqariladi. Olimlar, ijtimoiy aloqalar vaqtida ham gamma-interferon faol ravishda ishlab chiqilganiga guvoh bo‘lishgan. Tajribadagi sichqonlarda ayni molekulalarni ishlab chiqish to‘xtatilganda, ular o‘z faolligini kamaytirgan. Gamma-interferoni ishlab chiqish qayta boshlanganda, kemiruvchilarning faolligi yana ortgan. 

Avvallari, olimlar immun va asab tizimi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holatda faoliyat yuritadi, deb hisoblashardi. 


 

Ko‘proq yangiliklar: