Iosif Stalinning vafotidan keyin 1953-1964 yillarda SSSR kommunistik partiyasi bosh kotibi bo‘lgan Nikita Xrushyovning evarasi Nina Xrushyova ayni vaqtda AQShda istiqomat qiladi. U o‘zining CNN uchun yozgan maqolasida Rossiya uchun AQShning yangi prezidenti kim bo‘lishi muhim ekanini ta'kidladi.
«Rossiya uchun Hillari Klintonning prezident bo‘lgani yaxshi. Chunki Tramp ham Putin kabi faqat o‘zining aytganini qiladigan va hech kimga quloq solmaydigan rahbar. Ikkita bir xil insonning yaxshi munosabatda bo‘lishi qiyin masala. To‘g‘ri, Putin va Tramp o‘rtasidagi aloqalar xuddi Putinning Berluskoni bilan aloqalari kabi mustahkam bo‘lishi mumkin, lekin Trampning qiziqqonligini hisobga olsak, birgina kichik muammo ham ularning orasini buzib yuborishi mumkin.
Tramp erkin dunyoning yetakchisi bo‘lishni xohlaydi, shuning uchun uning Putinga «joyi qayerda ekanini ko‘rsatib qo‘yishi» hech gap emas. Hillari Klinton aynan Rossiyabop diplomat rahbar. U pragmatik va barcha masalani xotirjam turib hal qiladi. Ruslarning atigi 10 foizi Klintonning prezident bo‘lishini xohlamoqda, lekin ular uchun Klintonning davlat tepasiga kelgani tuzuk. Chunki Putinning Bill Klinton bilan aloqalari juda yaxshi. Shu sabab Bill rafiqasi yordamida Putinning g‘arb yetakchilari «davrasi»dagi mavqeini tiklab berishi mumkin»,- deydi Xrushyova xonim.
Nina Xrushyova 1964 yilda tug‘ilgan bo‘lib, SSSR sobiq bosh kotibi Nikita Xrushyovning evarasi hisoblanadi. U Moskva hamda Prinston davlat universitetlarini tamomlagan. AQSh va boshqa g‘arb mamlalatlarda leksiya o‘qiydi. «The New York Times», «Wall-street journal»larda siyosiy chiqishlari chop etiladi. U o‘zini «butun dunyo fuqarosi» deb hisoblaydi.