Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro Britaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri, sobiq London meri Boris Jonsonni bo‘lmag‘ur odam deb atadi.
«Men Jonsondan umuman xavotirga tushayotganim yo‘q. Lekin... lekin u yolg‘onchi odam. Brexit vaqtida odamlarni juda ko‘p aldadi»,- deydi Eyro.
Konservativlardan bo‘lgan sobiq London meri Jonson Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqish tarafdorlaridan edi. U o‘zining radikal chiqishlari bilan ko‘pchilikning diqqatini qaratishni yaxshi ko‘radi. Bundan oldinroq u Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an haqidagi she'ri sabab radiodagi o‘yinlardan birida 3000 funt yutib olgandi.