Finlyandiya bosh vaziri Mo‘g‘ulistonga o‘zi boshqaradigan samolyotda uchib bormoqchi

Jahon 19:39 / 14.07.2016 5239

Finlyandiya bosh vaziri Yuxa Sipilya Mo‘g‘ulistonda o‘tkaziladigan ASeM («Osiyo – Yevropa» forumi) forumiga o‘zi mustaqil samolyot boshqargan holda bormoqchi. Bu haqda Fontanka.fi xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, Sipilya 5000 km masofani uchib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Qayd etilishicha, u xarajatlarni o‘z hisobidan amalga oshirmoqchi.

Shuningdek, Sipilya bungacha ham bir necha marta samolyotda uzoq hududlarga parvozlarni amalga oshirgani qayd etilgan. U bir marta Laplandiyagacha borgan, yana bir marta Atlantika okeanini samolyotda kesib o‘tgan.

ASeM sammiti Mo‘g‘ulistonda 19–20 iyul kunlarida o‘tkaziladi. Unda Yevropa va Osiyo mintaqalari munosabatlari muhokama qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: