Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, maxsus xizmat Akademiyasi bitiruvchilarining Moskva shahri ko‘chalari bo‘ylab 30 ta hashamatli Mercedes-Benz Gelandewagen yo‘ltanlamaslarida ko‘rsatgan tomoshasi yuzasidan ichki surishtiruv ishlarini tamomlagan.
FXX saytida e'lon qilingan matbuot bayonnomasida aytilishicha, akademiya bitiruvchilarining tantanali bitirish anjumani bir necha yillar ichida birinchi marta jamoatchilikning jiddiy e'tiborini tortgan.
Qayd etilishicha, «ularning nokamtarona shaxsiy xulqi <...> fuqarolarning haqli e'tirozlari hamda xavfsizlik organlari jangovar jamoalarining keskin tanqidiga uchragan».
«Shu bois, aybdor shaxslarga nisbatan, ularning xizmatni o‘tashiga oid prinsipial choralar ko‘rilgan», — deyiladi xabarda.
Ayni chog‘da, ta'lim muassasasining rahbariyatiga «jiddiy intizomiy choralar ko‘rilgan», xususan ba'zi rahbarlarning lavozimini pasaytirilgan, boshqalari ishdan bo‘shatiladi.
Shu bilan birga, surishtiruv chog‘ida, internetda voqelikni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun soxta lavhalar ham joylashtirilgani aniqlangan.
Moskva ko‘chalarini kezgan Gelandewagen’larga atab klip olinganligi ma'lum bo‘ldi