IT sohasida dunyoda tan olingan yetakchilardan biri bo‘lgan Cisco Systems kompaniyasi, 2016 yilning 12 iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekistondagi o‘z hamkorlari uchun «Hamkorlikdagi faoliyat uchun Cisco texnologiyalari» mavzusida seminar o‘tkazdi.
MDH mamlakatlarida Collaboration texnologiyalari sotuvi bo‘yicha menejyer Igor Sukaylo hamkorlarni Cisco’ning eng so‘nggi ishlanmalari bilan tanishtirdi. Bu ishlanmalar AKTni tatbiq etishga to‘g‘ri yondashish natijasida tashkilotdagi xodimlarning birgalikdagi faoliyatlarini yanada samaraliroq qilish imkoniyatini beradi.
ozordagi ko‘pgina veb-konferensiyalar singari “bulut”da emas, mijozning serverida ishlaydigan veb-konferensiyalar va majlislar serveri hisoblangan WebEx Meetings Server’ni shunday qo‘shimchalardan biri sifatida e'tirof etish mumkin. Bunday yechimlardan foydalanish tashkilotlarga TAS-IX tarmog‘i ichida veb-konferensiyalar va majlislar uchun o‘z infratuzilmasini yaratish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, Internet trafigi uchun sarflanadigan mablag‘larni sezilarli darajada tejaydi, hamda yetarlicha xavfsizlik darajasini ta'minlaydi. Bu esa davlat tashkilotlari va banklar uchun judayam muhim omil hisoblanadi.
Ta'kidlash joizki, mazkur seminar Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘tkazildi. IUTning ochilganiga hali ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsada, lekin o‘tgan qisqa davr ichida O‘zbekistondagi IT-ta'lim muassasalari orasida tan olingan nufuzli ilm dargohlaridan biriga aylandi. Bundan tashqari, IUTda talabalarga saboq berishda «Cisco» kompaniyasining texnologiyalaridan foydalaniladi.