Britaniya hukumati qarorgohi koridorida mushuklar jangi boshlandi

Jamiyat 21:27 / 14.07.2016 12180

Buyuk Britaniya bosh vazirlarining Dauning-strit, 10 dagi rasmiy qarorgohida mushuklar jangga kirishishi Birlashgan qirollik matbuoti diqqatini o‘ziga qaratdi.

Palmerston laqabli Buyuk Britaniya TIV binosida yashovchi mushuk va bosh vazir yashaydigan bino mushugi bo‘lgan Larri OAV qahramonlariga aylandi.

"Parlamentda shovqin-suron. Bir-birini qiynashmoqda, xirillashmoqda va pishillashmoqda. Yo‘q, biz Leyboristlar partiyasi vakillari haqida aytmayapmiz", deb yoziladi The Telegraph nashrining Palmerston va Larri janjali haqidagi xabarida

Bir-birini yoqtirmaydigan Palmerston va Larri bundan oldin ham nashrlar muhokamasiga chiqqandi.

"Balki vaqt o‘tib, ular kelishib olishar", deyiladi maqolada.

Metro nashri Dauning-strit, 10 ko‘chasidagi bu jang hali yakunlanmagani haqida yozib, g‘olib aniqlanmaganini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: