Moskva hayvonot bog‘ida besh yoshli bolakay ishlay boshladi, u tashrif buyuruvchilarga hayvonlar haqida ma'lumot bermoqda. Bu haqda "Komsomolskaya pravda" radiostansiyasida hayvonot bog‘i direktori Svetlana Akulova ma'lum qildi.
"Bu kichik bola Ilyusha Petrov. Biz uni "yosh Drozdov" deb ataymiz. Biz uni hayvonot bog‘ida tasodifan uchratib qoldik, xodimalarimizdan biri u onasiga hayvonlar haqida kattalar ovozida batafsil gapirib berayotganini eshitgan", deb aytdi Akulova.
Akulovaning ta'kidlashicha, bola hayvonot bog‘iga rasman ishga olingan, maosh oladi, shuningdek unga maxsus kiyim tikib berilgan. Direktorning aytishicha, yangi xodim kitoblarni mustaqil o‘qiy oladi va yosh biolog klubiga kirmoqchi.
Moskva hayvonot bog‘i Yevropadagi eng qadimiylaridan biri hisoblanadi. U 1864 yilda Hayvon va o‘simliklarni akklimatizatsiyalash imperatorlik rus jamiyati tomonidan ochilgan. O‘sha vaqtda hayvonot bog‘ida 294 ta jonzot bo‘lgan, hozirda esa hayvonot bog‘ida 1132 turdagi 5 mingdan ko‘proq jonzot bor.