Asad uni ketkazish borasida Rossiya va AQSh kelishuvga erishishidan cho‘chimasligini aytdi

Jahon 14:38 / 14.07.2016 7589

Suriya prezidenti Bashar Asad AQSh davlat kotibi Jon Kerrining Moskvaga kelishi va buning oqibatida Rossiya va AQSh uning mamlakat siyosiy maydondan chetlashtirish borasida kelishuvga erishishidan cho‘chimasligini ma'lum qildi. U bu haqda NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

U jurnalistning “Na prezident Vladimir Putin va na TIV rahbari Sergey Lavrov Suriya prezidentining qolish yoki ketish borasida hech qanday fikr bildirmadi”, degan savoliga "Rossiya ko‘p bora Suriya muammosini tub xalq hal etishi kerakligini takrorlab kelgan", - deya javob qaytargan.

"Rossiya siyosati kelishuvlarga emas, balki o‘z qadriyatlariga asoslanadi", - deb qo‘shimcha qildi Asad.

Ko‘proq yangiliklar: