«Andijon» avtovokzalida aksilterror mashg‘ulot o‘tkazildi

Jamiyat 20:29 / 14.07.2016 8438

14 iyul kuni «Andijon» vokzalida viloyat kuchishlatar tizimlari xodimlari maxsus-taktik mashg‘ulot o‘tkazishdi. Bu haqda uz24.uz xabar tarqatgan.

Bu obekt bejizga tanlanmagan, avtovokzaldagi xavfsizlik taxminlanishi maxsus kuchlarning birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi.

Mashg‘ulotda FVV, IIV va boshqa tizimlar vakillari, shuningdek Andijon viloyati hokimligi xodimlari ishtirok etgan. Tadbir doirasida qutqaruv xizmatlarining xususan, o‘t o‘chiruvchilar hamda tibbiyot xodimlarining favqulodda vaziyatlarga tayyorligi tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Topshiriqqa ko‘ra, avtovokzal hududi uni egallab olgan terrorchilardan tozalanishi kerak bo‘lgan. Mudoffa bo‘limlari, IIV va FVV xodimlari yuqori darajadagi professionalizm ko‘rsatishib, berilgan topshiriqlarni bajarishgan.

Marosim yakunida mashg‘ulotlar yuqori saviyada o‘tkazilgani va kutilgan maqsadga erishilgani ta'kidlangan.

Ko‘proq yangiliklar: