Amerikalik qizaloq tug‘ilgan kunida yiqqan pullarini politsiyachilarni mehmon qilish uchun ishlatdi

Jamiyat 16:30 / 14.07.2016 6137

7 iyul kuni AQShning Dallas shtatida politsiya xodimlariga nisbatan qurolli hujum uyushtirilgan va 11 nafar qonun himoyachisi bu hujum tufayli jabrlangandi. Bu xabarni televizorda ko‘rgan to‘qqiz yoshli Samya Maklauflin tug‘ilgan kunida yig‘gan barcha pullarini Detroytdagi politsiyachilarni mehmon qilish uchun ishlatdi.

Qizaloqning oila a'zolari ham uning fikrini qo‘llab-quvvatlashgan. Ular o‘ttizta qopni buterbrod, mevalar va chips bilan to‘ldirishdi va Detroytdagi politsiya bo‘linmasiga olib borishdi.

«Kichkina tanada katta yurak urmoqda. U bizni xursand qilish uchun o‘zining tug‘ilgan kunini qurbon qildi»,- deydi politsiya xodimi Norma Blek.

Politsiya idorasi qizaloqni tug‘ilgan kuniga sovg‘a sifatida shaharning eng chiroyli joylari bo‘ylab o‘z mashinalarida sayohatga olib chiqishdi.

Ko‘proq yangiliklar: