AQShda qo‘riqchi-robot yosh bolani urib, bosib ketdi

Jamiyat 18:16 / 14.07.2016 4826

Knightscope K5 qo‘riqchi-roboti AQShdagi Stenford savdo markazida 16 oylik bolaning boshiga zarba berib, uning oyog‘ini bosib o‘tdi. Bu haqda The Verge xabar tarqatgan.

Jabrlanuvchi bolaning onasi ma'lumot berishicha, robot bolaning boshiga urgan, natijada bola yerga yuzi bilan yiqilgan. 136 kg og‘irlikdagi robot shundan keyin ham harakatini to‘xtatmasdan, uning oyog‘ini bosib o‘tib ketgan. Bolaning oyog‘ida sezilarli iz qolgan.

Knightscope K5 roboti modeli o‘ziga topshirilgan hududni qo‘riqlashi uchun yaratilgan. Mashinaning balandligi bir yarim metr, og‘irligi 140 kilogrammga yetadi.

Bu robot savdo markaziga 2015 yili ishga qabul qilingan. U datchik va kameralar bilan jihozlangan, o‘ta shovqin-suronga reaksiya ko‘rsatadi va noodatiy xatti-harakatni darhol payqaydi.

Ayni vaqtda korxona savdo markaziga tashrif buyuruvchi yosh bolalarni xavfdan xoli qilish maqsadida qanday choralarni ko‘rish haqida qaror bildirmadi.

Ko‘proq yangiliklar: