2016 yilgi mahalla oqsoqollari saylovida 47 nafar ayol mazkur vazifani egalladi

Jamiyat 17:31 / 14.07.2016 2890

2016 yil 12 iyul kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishini  xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, shahar hokimi R.Usmanov olib bordi. Unda Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovlari yakunlari bo‘yicha ma'lumotlar berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

2016 yilgi saylovlarda jami 370 nafar mahalla oqsoqollari almashdi. Jumladan, saylangan mahalla raislarining 47 nafarini ayollar tashkil etdi. 505 ta mahalla raislariga maslahatchi etib 7439 nafar fuqarolar saylandi. Saylangan maslahatchilarning 1920 nafarini ayollar tashkil etdi.

Sessiyada birinchi marotaba fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) etib saylanganlar bilan huquqiy bilimlarini oshirish hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyat yuritishi bilan bog‘liq amaldagi qonun hujjatlarining qoidalarini o‘rganish, ularning faoliyatini tashkil etish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy biznesni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik nazorati, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash masalalari yuzasidan o‘quv kurslari bazasida o‘quvlar tashkil etish belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: