Argentina hukumati infratuzilmaviy va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun Jahon bankidan umumiy qiymati 845 mln dollar bo‘lgan uchta kredit oladi. Bu haqda 12 iyulda Argentina iqtisodiyot va moliya vaziri Alfonso Prat-Gay ma'lum qildi.
"Biz oxirgi ikki haftada Jahon banki rahbariyati Argentina uchun uchta muhim loyihani ma'qullaganini ma'lum qilishdan xursandmiz", deb aytdi Prat-Gay Jahon banki boshqaruvchi direktori Shri Muliani Indravati ishtirok etgan matbuot-anjumanida.
Xususan, Jahon banki aholining ijtimoiy zaif guruhlaridan bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni qo‘llab-quvvatlash dasturiga 600 mln dollar ajratadi. Yana 200 mln dollar Buenos-Ayresdagi toshqinlarni bartaraf etish ishlariga yo‘naltiriladi. Prat-Gayning ta'kidlashicha, "bu Jahon banki tomonidan oxirgi 5 yil ichida ma'qullangan birinchi infratuzilmaviy loyiha" bo‘ldi. Yana 45 mln dollar kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantiruvchi dasturga ajratiladi.
Indravati "Argentinaning xalqaro sahnaga qaytishga urinishi dunyoda ijobiy baholanayotganini" aytdi.