Wanda Group Yevropaning kinoteatrlar tarmog‘ini xarid qilmoqda

Iqtisodiyot 09:06 / 13.07.2016 4269

Amerikaning AMC Entertainment kinoteatrlar tarmog‘i Terra Firma investitsiya fondidan Yevropaning Odeon & UCI tarmog‘ini 1,2 mlrdga xarid qilish bo‘yicha bitimga erishdi, deb xabar qilmoqda «Sinxua» agentligi. AMCning o‘zi esa, xitoylik Van Tszyanlinning Dalian Wanda Group konglomeratiga tegishlidir.

2015 yil dekabr oyi ma'lumotlariga ko‘ra, Odeon & UCI Yevropa bo‘ylab jami 243ta kinoteatr va 2,2 mingdan ortiq katta ekranlarga ega. Mazkur bitimdan so‘ng, AMC Entertainmentning kinoteatrlari soni 627ta yetadi, uning jami ekranlari soni 8 mamlakatda 7,6 ming donani tashkil etadi. 

Shu bilan dunyodagi eng yirik kinoteatrlar tarmog‘ vujudga keladi. AMC rahbari Adam Aronning ta'kidlashicha, bunday imkoniyat umrda bir marta bo‘ladi. 

Shu yilning yanvar oyida Dalian Wanda Group 3,5 mlrd dollar evaziga Hollivudning Legendary Entertainment kinostudiyasini xarid qilgan edi. 

Wanda asoschisi Van Tszyanlin 32,7 mlrd dollar boylik bilan Osiyoning ikkinchi eng badavlat kishisi hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: