AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Berni Sanders Demokratik partiya bo‘yicha o‘zining raqibi Xillari Klintonni rasman qo‘llab-quvvatladi va shu tariqa prezidentlik poygasidan chiqishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Men Klinton AQShning keyingi prezidenti bo‘lishi uchun qo‘limdan kelganini qilmoqchiman", deb aytdi Sanders.
O‘z navbatida Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Sanders tomonidan Klintonning qo‘llab-quvvatlanishini "soxtalashtirilgan tizim"ning bir qismi deb atadi.