Ortiqcha vazn uchun ko‘ngilochar bog‘ga kiritilmagan 2 farzandning onasi 72 kiloga ozdi

Light 10:52 / 13.07.2016 18021

Hozirda Stefani Chavez ajoyib ko‘rinishga ega.

Fort-Ueynlik (Indiana shtati) bu 30 yoshli ayol qachonlardir 140 kilogramm vaznga ega bo‘lganiga ishonish juda qiyin. Stefani 12 yoshidan beri impulsiv to‘yib ovqat yeyishdan aziyat chekar edi va unga hech qanday parhez yordam bermasdi. Biroq 2010 yilda Floridadagi «Harri Potterning sehrli olami» ko‘ngilochar bog‘iga tashrif buyurgach, uning hayoti o‘zgarib ketdi. Mazkur bog‘ xodimlari ayolning vazni tufayli uning attraksiondan foydalanishini taqiqlashdi. 

«O‘sha kun hayotimdagi eng yomon kunga aylangan edi — o‘zimni noqulay his etdim, menga ko‘ngilochar bog‘ning hech bir attraksioniga o‘tira olmasligimni aytishganida esa, tuni bilan yig‘lab chiqdim», — deydi Stefani.

O‘sha vaqtdan boshlab ayol 72 kilogrammgacha vazn yo‘qotishga muvaffaq bo‘ldi. Hozir uning vazni — 67 kg.

«Men 12 yoshimdan beri ozishga harakat qildim, parhez tutdim va buning bari befoyda bo‘ldi — men barcha yangi parhez usullaridan va ozish uchun dorilardan foydalandim».

«Bu urinishlardan so‘ng, menda boshqarib bo‘lmaydigan ochko‘zlik kasalligi paydo bo‘ldi, men ko‘zga ko‘ringan barcha narsani yeyaverardim. 

Men fastfud va yarimfabrikat mahsulotlar bilan oziqlanardim. Ayrim vaqtlari katta miqdorda taom iste'mol qilganim uchun ko‘nglim aynaydi».

Hozirda Chavez trener bo‘lishni istaydi.

«Avval boshida har kunim juda og‘ir kechdi.  Men yengil jismoniy mashqlarni arang yengib o‘tdim. Biroq kundan-kunga oz-ozdan kuchliroq bo‘la boshladim. Menga avval tanovul qilmagan taomlarim yoqa boshladi. 

Men doim bahonalar izlovchi va o‘ziga achinib qarovchi inson bo‘lishdan to‘xtadim», deydi u.

O‘tgan yili Stefani Chavez  «Fitnes-transformatsiya» tanlovida birinchi o‘rinni egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: