Mark Bartra: «Barselona»da meni qadrlashmadi

Sport 11:02 / 13.07.2016 5057

«Barselona» jamoasining sobiq himoyachisi Mark Bartra o‘zining jamoadan ketishi sababi va murabbiy Luis Enrike bilan munosabatlari haqida gapirib o‘tdi.

«Men Angliyaga qarshi o‘yindan qaytganimda o‘zimning o‘yinimdan mamnun edim, lekin klasiko uchun zayavkaga kiritilmadim. O‘sha vaqtda «Barselona»ni tark etishim kerakligini angladim.

Men barcha gapni aytmoqchi emasman. Murabbiylar va jamoa prezidenti mening qolishimni so‘rashdi. Lekin klubda qolish boshqa, klubda o‘zingni qadrlashlarini his qilish boshqa. Meni shunchaki inkor qilishgan vaqtlar bo‘ldi.

Men Gvardiola murabbiy bo‘lgan vaqtda o‘zimga ishonchim baland edi. Tito Vilanova esa meni asosiy tarkibga kiritdi. Tata Martino bosh murabbiy bo‘lganida jamoaning 30 uchrashuvida qatnashdim va terma jamoaga chaqirila boshladim.

Men Luis Enrike kelgunicha yuqorilab borayotgandim. Men u kelganida yaxshi o‘ynayotgandim, lekin keyin meni chetga chiqarishdi. Keyingi 18 oy men uchun og‘ir kechdi.

Men endi faqat Dortmund va bu jamoadagi debyutim haqida o‘ylayapman. Menda 4 yillik sharnoma bor. Men muvaffaqiyatli kelajak haqida o‘ylay olaman. Men bu klub uchun borimni berishga tayyorman», — degan Bartra.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: