Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi orolni o‘z hududining ajralmas qismi sifatida atadi

Jahon 11:52 / 13.07.2016 5630

Xitoy xalq respublikasi Janubiy Xitoy dengizi hududidagi orolni o‘zining ajratib bo‘lmas qismi sifatida atadi. Bu haqda rasmiy hujjatga asoslangan holda «Sinxua» agentligi xabar tarqatgan.

Hukumatning rasmiy axborot byurosi tomonidan e'lon qilinishicha, "Xitoy Janubiy Xitoy dengizi bo‘yicha Filippin bilan muzokaralar olib borishda davom etadi".

Unda keltirilishicha, Xitoy "bu orolni birinchi bo‘lib topgan, nomlagan va o‘zlashtirgan". 

Shuningdek, bu orolda xitoyliklar 2000 yildan buyon istiqomat qilib kelayotgani, Xitoy bu orolga egalik qilish uchun yuridik jihatdan ham, tarixiy asoslarga ko‘ra ham haqli ekani aytilgan.

12 iyul kuni Haaga xalqaro sudi Xitoy xalq respublikasining Janubiy-Xitoy dengiziga da'vo arizasini rad etdi.

Sud qaroriga muvofiq, Xitoy Xalq Respublikasi Spratli arxipelagi hududidagi neft va gazga boy iqtisodiy hududga da'vogarlik qilishga haqli emas.

XXR sudning bu qarorini tan olmasligini bildirdi. Xitoyliklar Janubiy-Xitoy dengizidagi bir qator orollarga egaligini e'lon qildi.

Ma'lumot uchun, Janubiy Xitoy dengizida XXR bir qator kimsasiz orollarga da'vogarlik qiladi. Bundan tashqari, Tayvan,  Malayziya, Filippin, Bruney va Vetnam davlatlari ham mazkur hududlarga nisbatan huquqlari borligini bildirib keladi.  Jumladan, Skarboro rifi va Spratli arxipelagi atrofida keskin bahslar ketmoqda. Spratli neft va gazga boy hisoblanadi.  Bundan tashqari, arxipelag orollari strategik ahamiyatga ega.  Xitoy mazkur orollarda uchish-qo‘nish yo‘laklarini qurmoqda. Bu esa kelajakda Pekin uchun arxipelagda mustahkam o‘rnashib olish imkonini beradi.

2014 yilning iyunidan Xitoy bahsli dengiz havzalarida sun'iy orollar qurishni boshlagandi.

Ushbu bahsda AQSh Filippinni faol qo‘llab-quvvatlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: