Argentinada yo‘lovchi samolyoti aeroportga qo‘na olmadi

Jahon 11:36 / 13.07.2016 4499

LAN aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Argentinaning Bariloche aeroportiga birinchi urinishda qo‘na olmagan. Bunga, uchish-qo‘nish yo‘lagida sigareta chekib yurgan odam sabab bo‘lgan. 

Uchuvchining boshqaruv minorasi bilan olib borgan muloqotiga ko‘ra, noma'lum kimsa uchish-qo‘nish yo‘lagida bamaylixotir sigareta chekib yurib, so‘ngra o‘tirib olgan. Natijada samolyot ikkinchi urinish uchun havoga ko‘tarilgan. 

Excelsior portalining xabariga ko‘ra, begona kishilarga taqiqlangan hududda paydo bo‘lgan kimsa Buenos-Ayresgacha bepul chipta taqdim etishlarini talab qilib chiqqan. Ma'lum bo‘lishicha, u puli bo‘lmagani uchun Argentina poytaxtidagi og‘ir xasta otasining yoniga borish chorasini ko‘ra olmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: