AQShda "Mergan" serialining premerasi qoldirildi

tvline.com
Amerikaning USA Network kabel telekanali Dallasdagi qonli voqealardan so‘ng, «Mergan» serialining namoyishini noma'lum muddatga qoldirdi, deb xabar qilmoqda Associated Press. Texas shtati Dallas shahrida qoratanli fuqaro 5 nafar huquq posbonini otib o‘ldirgan edi.
Dastlab, serial 19 iyulda ekranlarga chiqishi belgilangan edi. Biroq, Dallas voqealaridan so‘ng, telekanal rahbariyati serial taqdimotini 26 iyulga ko‘chirishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, serial voqealari 2007 yili katta ekranlarga chiqqan, rejissyor Antuan Fukuaning "Mergan" nomli filmi voqealariga asoslangan. Unda bosh rolni Mark Uolberg ijro etgan edi.
Mavzuga oid

14:54 / 18.01.2025
Texasda kalamushlar politsiya omboridagi giyohvand moddalarni yeb qo‘ydi

21:09 / 19.09.2024
AQShdagi kimyo zavodida yuz bergan yong‘inni to‘rt kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti

15:33 / 17.08.2024
Serial uchun ruxsat olib berish evaziga 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi

22:11 / 20.03.2024