AQShda 21 krossoverning faralari sinovdan o‘tkazildi

Fan-texnika 07:41 / 13.07.2016 4994

AQSh yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) 21 ta ixcham krossoverning faralarini sinovdan o‘tkazish natijalarini chop etdi. Mutaxassislar umumiy hisobda komplektatsiyaga bog‘liq holda o‘zgaruvchi yorug‘lik texnikasining 47 ta turli variantini tekshirdilar. Eng yaxshi natija yakuniy jadvalga kiritildi.

Sinovlar kunning qorong‘u vaqtida o‘tkazildi. IIHS mutaxassislari maxsus sensorlar yordamida faralardan tushuvchi yorug‘likning miqdorini burilishning to‘g‘ri va 4 ta turida (o‘ng va chap virajlar, ravon va keskin burilishlar) o‘lchashdi.

Yakuniy baholar 4 ballik shkala: "yaxshi", "qoniqarli", "zaif" va "yomon" bo‘yicha qo‘yildi. Sinovdan o‘tkazilgan avtomobillardan birortasi yuqori ball ololmadi, ulardan deyarli yarmi, ya'ni 12 mashinaga eng past baho berildi. 

IIHS vakillari fikricha, eng yomon faralar bilan Honda HR-V modeli jihozlanadi. Sinalganlardan eng yaxshi faralar "Mazda" CX-3’ga o‘rnatilishi ma'lum bo‘ldi.

Krossoverlar faralari sinovi natijasi 

Qoniqarli  Zaif  Yomon
Ford Escape 2017  BMW X1  Audi Q3
Honda CR-V  Mazda CX-5  Buick Encore
Hyundai Tucson  Mitsubishi Outlander  Chevrolet Trax
Mazda CX-3  Toyota RAV4  Fiat 500X
 VW Tiguan  Honda HR-V
  Jeep Patriot
  Jeep Renegade
  Jeep Wrangler
  Kia Sportage 2017 m.g
  Mitsubishi Outlander Sport
  Nissan Rogue
  Subaru Forester

IIHS birinchi sinovlarni mart oyida o‘tkazgandi. Sinovlarda 31 ta model va yorug‘lik texnikasining 82 varianti ishtirok etgandi. O‘shanda eng yaxshi faralar bilan Toyota Prius v kompaktveni, eng yomon faralar bilan esa BMW 3-Series jihozlangan, deb tan olingandi. 

Yaqin kelajakda avtomobillar IIHS tomonidan krash-sinovlarda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan mashinalarga beriladigan eng yuqori mukofot Top Safety Pick +’ni olish uchun "Yaxshi" yoki "qoniqarli" bahosini olishlari kerak.

Ko‘proq yangiliklar: