Sochida Gruziya fuqarosi deportatsiya qilinishiga norozilik belgisi sifatida o‘z og‘zini tikib qo‘ydi

Jahon 20:13 / 12.07.2016 7619

Sochida migratsiya qonunchiligini buzgani uchun ushlangan Gruziya fuqarosi deportatsiya qilinishiga norozilik belgisi sifatida o‘z og‘zini tikib qo‘ydi. Bu haqda TASS axborot agentligi muxbiriga Krasnodar o‘lkasi huquq-tartibot muassasalarida ma'lum qilindi.

"Sochining Lazarev tumani, Vardana posyolkasidagi xorijliklar uchun vaqtinchalik saqlash maxsus muassasasida Gruziya fuqarosi vataniga chiqarilib yuborilayotganiga norozilik sifatida ip bilan o‘z og‘zini tikib qo‘ydi", deb aytdi huquq-tartibot muassasalari xodimi.

Uning aytishicha, avval sud erkakni Rossiyada bo‘lish qoidasini buzgani uchun deportatsiya qilish hukmini chiqargandi. Erkakka birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va ruhiy-nevrologik dispanserga yetkazildi. 

Federal migratsiya xizmatining o‘lka boshqarmasida voqea yuz bergani inkor qilinmadi, biroq unga izoh ham berilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: