«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transferlar vaqtida jamoa himoyasini kuchaytirmoqchi.
Angliyadagi nashrlar tarqatgan xabarga ko‘ra, u jamoa rahbariyatiga «Atletiko»dan Lukas Ernandesni transfer qilish kerakligini aytgan.
Qayd etilishicha, madridliklar jamoasi bu futbolchisi uchun 20 mln funt talab qilmoqda.
O‘tgan mavsumda futbolchi klubi bilan 21 uchrashuv o‘tkazib, 1 gol urgan va 1 marta golli pas muallifi bo‘lgan.
Transfermarkt.de portalida Ernandes 5 mln yevroga baholangan.
Manba: Tribuna.uz